Ish haqi hisoblash dasturi
Ish haqi tasdiqlangan tabel va xodim stavkasidan o'zi hisoblanadi. Avans, mukofot va ushlanmalar bitta joyda yuritiladi.

Qanday hisoblanadi
Har xodim uchun amal qilish sanasi bilan stavka belgilanadi. Tizim tasdiqlangan tabeldagi ish vaqtini olib, summani hisoblaydi.
- Oylik oklad
- Kunbay ish haqi
- Soatbay ish haqi
Avans, mukofot va ushlanmalar
Xodimga berilgan avans, mukofot, ushlanma va to'lovlar ichki daftarda qayd etiladi. Shu tufayli har xodimning qoldig'i aniq ko'rinadi.
Nazorat va hisobot
Hisob tasdiqlangach o'zgarmaydi, tuzatish keyingi davr qaydi bilan kiritiladi. Hisobotni Excel faylida yuklab olish yoki API orqali 1C ga uzatish mumkin.
Muhim eslatma
BVHR ish haqini ichki hisob sifatida yuritadi. Soliq hisobotlari va bank to'lovlari buxgalteriya dasturingizda qoladi.
Qaysi tarifda bor
Ish haqi hisobi ENTERPRISE FULL tarifida mavjud: bir xodim uchun oyiga 18 000 so'm, minimal to'lov 180 000 so'm.
Savol-javoblar
Ish haqi tabelsiz hisoblanadimi?
Yo'q. Hisob tasdiqlangan tabelga tayanadi, shuning uchun raqamlar davomat bilan mos keladi.
1C bilan ishlaydimi?
Ha. Ma'lumotni REST API orqali 1C ga uzatish mumkin, namunalar tayyor.
Tizimni kompaniyangizda ishga tushiring
Raqamingizni qoldiring, o'zimiz bog'lanamiz.
