Face ID davomat tizimi
Xodim terminalga yuzini ko'rsatadi, kelish va ketish vaqti panelga o'zi yoziladi. Daftar, kartochka va qo'lda hisoblash kerak bo'lmaydi.

Face ID davomat qanday ishlaydi
Hikvision FaceID terminali kirish joyiga o'rnatiladi va BVHR tizimiga ulanadi. Xodimning yuz rasmi panelga bir marta yuklanadi va terminalga o'zi yoziladi. Xodim ishga kelganda terminal uni taniydi, hodisa panelga tushadi.
- Kelish va ketish vaqti avtomatik yoziladi
- Kechikish daqiqasigacha hisoblanadi
- Bugun kim kelgani va kim kelmagani bir oynada ko'rinadi
Nega yuz orqali davomat qulay
Yuz tanish xodimdan kartochka yoki parol talab qilmaydi. Davomat qo'lda yozilmagani uchun xatolar va tortishuvlar kamayadi, rahbar esa ma'lumotni kechiktirmasdan ko'radi.
- Ish jadvali va bayram kunlari hisobga olinadi
- Filiallar bo'yicha alohida kuzatish mumkin
- Hisobot Excel faylida yuklab olinadi
Internet uzilsa nima bo'ladi
Hodisalar terminal xotirasida saqlanadi va internet tiklangach tizimga yuklanadi. Bo'shatilgan xodim esa bo'shatish sanasida terminaldan avtomatik o'chiriladi.
Narxi qancha
DAVOMAT tarifi bir xodim uchun oyiga 6 000 so'm, minimal to'lov 49 000 so'm. Tarifga 50 tagacha xodim va 3 tagacha terminal kiradi. Ko'proq imkoniyat kerak bo'lsa, PRO HR yoki ENTERPRISE FULL tarifiga o'tish mumkin.
Savol-javoblar
Face ID davomat uchun qanday terminal kerak?
ISUP protokolini qo'llab-quvvatlaydigan Hikvision FaceID terminali kerak. Modelingizni oldindan tekshirib beramiz.
Terminalsiz ishlaydimi?
BVHR terminal hodisalari bilan ishlaydi, shuning uchun kamida bitta mos terminal kerak.
Tizimni kompaniyangizda ishga tushiring
Raqamingizni qoldiring, o'zimiz bog'lanamiz.
